
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti O'zbekistonning TOP-20 "Aql markazlari" reytingida!
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti O'zbekistonning TOP-20 "Aql markazlari" reytingida!
📈"Yuksalish" umummilliy harakati tomonidan 2025-yil yakunlari bo'yicha O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan yetakchi ilmiy-tahliliy institutlar — "Aql markazlari" (Think Tanks) milliy reytingi e'lon qilindi. Ushbu reyting mamlakatdagi tahlil markazlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, tadqiqot salohiyati hamda qarorlar qabul qilish tizimidagi ta'sirchanligini baholovchi muhim strategik indikator hisoblanadi. Quvonarlisi, jamoatchilik, davlat idoralari hamda ijtimoiy jarayonlar uchun dolzarb tahliliy ma'lumotlar taqdim etib kelayotgan markazlar qatorida "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti ham mazkur reytingning TOP-20 taligidan 7-o'rinni egalladi.
"Yuksalish" harakati tahliliy xulosasiga ko'ra, markazlar faoliyati quyidagi asosiy indikatorlar asosida baholandi:
✔️Ilmiy-tahliliy materiallarning ta'siri.
Tayyorlangan sotsiologik, huquqiy va gender masalalariga oid tahliliy materiallarning davlat siyosati va qarorlar qabul qilish jarayonlarida ta'sirchanligi.
✔️Ochiq manbalardagi faollik.
Ochiq axborot manbalarida institut tadqiqotlaridan olingan iqtiboslar, e'lon qilingan ilmiy maqolalar hamda ularning axborot maydonidagi ulushi.
✔️Jamoatchilik bilan muloqot va ochiqlik darajasi.
Davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda aholi bilan o'rnatilgan tizimli va samarali kommunikatsiya.
✔️Raqamli faollik va veb-tahlil.
SimilarWeb, Semrush kabi xalqaro platformalar ko'rsatkichlari, shuningdek, Google va Yandex qidiruv tizimlaridagi indekslanish natijalari asosida markazning internet tarmog'idagi qamrovi.
Ushbu e'tirof butun jamoamizning va ekspertlarimizning tizimli mehnati natijasidir. Biz oila va gender siyosati sohasida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish, ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish hamda davlat dasturlari ijrosiga o'z hissamizni qo'shishda davom etamiz.