Asosiy / Yangiliklar / 🧐“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlarining ilmiy yoʻnalishdagi...
🧐“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlarining ilmiy yoʻnalishdagi...
Yangiliklar📅 26 Iyun 2026👁 67 ko'rishlar

🧐“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlarining ilmiy yoʻnalishdagi...

🧐“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlarining ilmiy yoʻnalishdagi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti tanlovi ularning salohiyati va imkoniyatini yuzaga chiqargan yaxshi tasabbus bo’ldi. ✔️Loyihalar taqdimotida qizg’in bahs-munozaralar, taklif va tashabbuslarga boy bo’ldi. Har bir guruh o’zi tanlagan mavzuni to’plangan ishonchli manbaalar orqali himoya qildi. ✔️Tanlovda birinchi guruh tomonidan “Nikohning dastlabki 5 yilligida oilaviy nizolar va ajrimga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish” mavzusidagi loyiha taqdim etildi. ✔️Mazkur loyiha nikohning dastlabki besh yilida yashayotgan oilalarda yuzaga keladigan oilaviy nizolar, kelishmovchiliklar hamda ajrim xavfiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, diniy-huquqiy, reproduktiv va kommunikativ omillarni aniqlashga qaratildi.

✔️Tadqiqot doirasida 2026-yil may–iyun oylarida O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan katta 434 nafar respondent o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada erkaklar va xotin-qizlar ishtirok etib, ularning oilaviy munosabatlar, nizolar sabablari va ajrim xavfi haqidagi qarashlari tahlil qilindi. 📈Loyiha yakunlari asosida ma’ruzalar matni, amaliy mashqlar va oilaviy hayotda uchraydigan vaziyatlarga asoslangan keyslar to‘plami tayyorlandi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling