
Oila – jamiyat poydevori. U mustahkam bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘ladi. Afsuski, so‘nggi yillarda oilaviy ajralishlar soni ko‘payib bormoqda. Xo‘sh, bugun O‘zbekistondagi ajrimlar statistikasi qanday?
Oila – jamiyat poydevori. U mustahkam bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘ladi. Afsuski, so‘nggi yillarda oilaviy ajralishlar soni ko‘payib bormoqda. Xo‘sh, bugun O‘zbekistondagi ajrimlar statistikasi qanday?
📊Tahlillarga ko‘ra:
😀O‘zbekiston ajrimlar koeffisenti bo‘yicha MDH davlatlari orasida eng oxirgi o‘rinlarda turadi. Hozirda mamlakatimizda 10 milliondan ortiq oila mavjud bo'lib, yurtimizda oila institutini rivojlantirish, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga davlat rahbari darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda.
⌛Ajrashayotganlarning 40,7 foizini 5 yilgacha birga yashagan oilalar tashkil etmoqda. Bu yosh oilalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash qanchalik zarurligini ko‘rsatadi.
🏠Ajrimlarning asosiy qismi – 60,1 foizi shaharlar hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Hududlar kesimida eng yuqori ko'rsatkichlar ajrimlar koeffisenti bo'yicha ( har ming aholiga to'g'ri keladigan ajrimlar soni) Toshkent shahri (1,9 promille ), Farg‘ona (1,4 promille) va Andijon (1,4 promille), va Namangan (1,3 promille) viloyatlarida qayd etilgan.
🤵♂Ajrashayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 35,4 ni, ayollarniki esa 32,1 yoshni tashkil etmoqda.
😀Xulosa qilib aytganda, har bir raqam inson taqdiri, farzandlar kelajagi, degani. Oila faqat ikki kishining emas, butun jamiyatning boyligidir. Uni asrab-avaylash, yoshlarni oilaviy hayotga to‘g‘ri tayyorlash barchamizning burchimizdir.