Asosiy / Yangiliklar / NIKOH YOSHIDAGI QIZLARNING OILADA HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida doktorantlar tomonidan tayyorlangan “Nikoh yoshidagi qizlarning oilad...
NIKOH YOSHIDAGI QIZLARNING OILADA HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida doktorantlar tomonidan tayyorlangan “Nikoh yoshidagi qizlarning oilad...
Yangiliklar📅 1 Iyul 2026👁 79 ko'rishlar

NIKOH YOSHIDAGI QIZLARNING OILADA HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida doktorantlar tomonidan tayyorlangan “Nikoh yoshidagi qizlarning oilad...

NIKOH YOSHIDAGI QIZLARNING OILADA HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida doktorantlar tomonidan tayyorlangan “Nikoh yoshidagi qizlarning oilada huquqiy madaniyatini o‘rganish va uni rivojlantirish omillari” mavzusidagi ta’lim loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. ✔️Loyihaning asosiy maqsadi nikoh yoshidagi qizlarning oiladagi huquqiy madaniyati, huquqiy ongi, shaxsiy xavfsizligi, nikohga erkin rozilik berishi, zo‘ravonlikdan himoyalanishi, huquqiy yordamga murojaat qilishi hamda assertiv xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘rganish va rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy materiallar, psixologik dasturlar, metodik qo‘llanmalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

✔️Loyiha doirasida 599 nafar respondent ishtirokida sotsiologik tadqiqot o‘tkazilib, qizlarning oilaviy-huquqiy bilimlari, nikohga erkin rozilik, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanish, mulkiy huquqlar, kasb tanlash, himoya orderini olish tartibi hamda huquqiy maslahatga murojaat qilish bo‘yicha xabardorlik darajasi tahlil qilindi va tahliliy ma’lumot tayyorlandi.

✔️Loyiha doirasida “Kuchli qizning kundaligi”, “Qizlar uchun eng muhim 10 huquq” nomli o‘quv-targ‘ibot materiali, huquqbuzarlik sodir etgan qizlarning jamiyatdan ajralib qolishi, stigma va salbiy yorliqlanish oqibatlarini kamaytirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishga qaratilgan korreksion-psixologik trening dasturi, “Huquqiy manipulyatsiya” metodik qo‘llanmasi, assertiv xulqni rivojlantirish dasturi bo‘yicha mutaxassislar uchun mashg‘ulot ssenariylari, trening mashqlari, keyslar, savol-javoblar va baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan metodik qo‘llanmasi, “Qiz farzand tarbiyasida huquqiy savodxonlik” nomli ota-onalar uchun amaliy risolasi ishlab chiqildi.

✔️Mazkur loyiha izlanuvchilar uchun sotsiologik tadqiqot o‘tkazish, aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish, prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hamda ilmiy natijalarni aniq amaliy mahsulotlarga aylantirish bo‘yicha muhim tajriba maktabi bo‘ldi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling