Asosiy / Yangiliklar / 📌Namangandagi malaka oshirish kurslarining navbatdagi mashg‘uloti “Nizoli oilalar...
📌Namangandagi malaka oshirish kurslarining navbatdagi mashg‘uloti “Nizoli oilalar...
Yangiliklar📅 10 Iyun 2026👁 69 ko'rishlar

📌Namangandagi malaka oshirish kurslarining navbatdagi mashg‘uloti “Nizoli oilalar...

📌Namangandagi malaka oshirish kurslarining navbatdagi mashg‘uloti “Nizoli oilalar bilan ishlashda keys menejment usulidan foydalanish” mavzusida bo‘lib o‘tdi. 🎙“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i X.Saydivaliyeva tomonidan o‘tkazilgan darsda nizoli oilalar bilan ishlashda keys menejment usulini samarali qo‘llash, oiladagi muammolarni aniqlash, baholash va ularni hal etish bo‘yicha individual yondashuvlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. 🎙Institut ilmiy xodimi O.Kodirova tomonidan o‘tkazilgan “Tizim xodimlari faoliyatida psixologik muloqot va stressni boshqarish” mavzusidagi mashg‘ulotda esa

tizim xodimlarining kasbiy faoliyatida samarali psixologik muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi bilan ishlash jarayonida muomala madaniyatini rivojlantirish hamda stress holatlarini aniqlash va boshqarish usullarini o‘rganishga e’tibor qaratildi. 💭Dars davomida stressning kelib chiqish sabablari, uning salbiy ta’sirini kamaytirish, emosional barqarorlikni saqlash va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy psixologik yondashuvlar o‘rganildi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling