Asosiy / Yangiliklar / 📌Namangandagi malaka oshirish kurslari davomida institut katta ilmiy...
📌Namangandagi malaka oshirish kurslari davomida institut katta ilmiy...
Yangiliklar📅 11 Iyun 2026👁 70 ko'rishlar

📌Namangandagi malaka oshirish kurslari davomida institut katta ilmiy...

📌Namangandagi malaka oshirish kurslari davomida institut katta ilmiy xodimi R.Hojiyev tomonidan “Xotin-qizlar bilan ishlash tizimida murojaatlar orqali samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi. ✔️Ushbu mavzu xotin-qizlar bilan ishlash tizimida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va ularga sifatli javob berish orqali samarali muloqotni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan. ✔️Darslarda murojaatlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik, ishonch, hurmat va professional yondashuv tamoyillarini qo‘llash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish mexanizmlari bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

✔️Shuningdek, Ushbu mavzu tizim xodimlari faoliyatida vaqtdan samarali foydalanish, ish jarayonlarini rejalashtirish va ustuvor vazifalarni belgilashda zamonaviy taym-menejment texnologiyalarining ahamiyatini yoritadi. ✔️Taym-menejment usullari orqali mehnat unumdorligini oshirish, ish yuklamasini maqbul taqsimlash, stress holatlarini kamaytirish hamda xizmat vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari ko‘rib chiqiladi. Institut ilmiy xodimi A.Shaymardonov “Tizim faoliyatida zamonaviy taym-menejment texnologiyalari va ularning samaradorligi” mavzusida mashg‘ulot olib bordi. ✔️Unda tizim xodimlari faoliyatida vaqtdan samarali foydalanish, ish jarayonlarini rejalashtirish va ustuvor vazifalarni belgilashda zamonaviy taym-menejment texnologiyalarining ahamiyati haqida so‘z bordi. ✔️Taym-menejment usullari orqali mehnat unumdorligini oshirish, ish yuklamasini maqbul taqsimlash, stress holatlarini kamaytirish hamda xizmat vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling