
Yangiliklar📅 30 Iyun 2026👁 66 ko'rishlar
📌Mudofaa vazirligida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq...
📌Mudofaa vazirligida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar” mavzusida seminar o‘tkazildi. ✔️Tadbir davomida "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i yuridik fanlari doktori, dotsent Xurshida Saydivaliyeva genderga oid auditni amalga oshirish, davlat tashkilotlarida gender tenglik tamoyillarini joriy etish, shuningdek xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
✔️Seminar ishtirokchilariga genderga oid auditning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati hamda tashkilotlarda teng imkoniyatlar muhitini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.