
Yangiliklar📅 6 Avgust 2026👁 132 ko'rishlar
«Mas'uliyatli ota-onalik» onlayn platformasi — statistika
«Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishga tushirilgan «Mas'uliyatli ota-onalik» onlayn o'quv platformasiga fuqarolar qiziqishi yuqori bo'lmoqda.
05.08.2026 holatiga ko'ra:
✅ 14 285 fuqaro ro'yxatdan o'tdi
📚 6 639 nafari kursni boshladi
🎓 6 076 nafari kursni muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat oldi
Platformada ota-onalar 5 ta modul — ota-onalikka tayyorgarlik, reproduktiv salomatlik, pedagogik-psixologik malakalar, iqtisodiy bilimdonlik va oilada ma'naviy-axloqiy muhit bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egallamoqda.
Eng faol hududlar: Farg'ona viloyati (3 523), Toshkent shahri (3 116) va Navoiy viloyati (1 258).
🔗 masuliyatli-ota-onalik.uz
Platformaga qiziqish kutilganidan ancha yuqori bo'ldi — qisqa muddatда o'n minglab fuqaro bir vaqtning o'zida ro'yxatdan o'ta boshladi. Shu yuqori yuklama sababli ba'zi texnik muammolar — tasdiqlash xatlarining kechikishi va tizimga kirishdagi vaqtinchalik cheklovlar — yuzaga keldi.
Institut texnik xodimlari bu muammolarni juda tez, bir necha soat ichida bartaraf etishdi: pochta (email) tizimi kuchaytirildi, kirishdagi cheklovlar optimallashtirildi va foydalanuvchilarga xizmat uzluksiz davom ettirildi. Hozirda platforma barqaror va to'liq quvvat bilan ishlamoqda.