
#malaka_oshirish_kurslari
#malaka_oshirish_kurslari
📍Navoiy viloyatida "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oʻtkazilayotgan oila va xotin-qizlar tizimi xodimlari hamda mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi.
✔️Tuman (shahar) hokim oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, mutaxassislar hamda Zarafshon, Uchquduq, Konimex, Tomdi va Nurota tumanlaridan jami 80 nafarga yaqin ishtirokchilarga "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 8 turdagi kitoblar jamlanmasi berildi. Shuningdek, Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan ham seminar tashkil etilib, ularga ham oilada sog'lom muhitni shakllantirish, gender tengligini ta'minlash, tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ishlash mexanizmi ko'rsatib o'tilgan to'plamlar topshirildi.
Ushbu malaka oshirish kurslari oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda profilaktik ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.