
#malaka_oshirish_kurslari
#malaka_oshirish_kurslari
📌Navoiy viloyatida "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oʻtkazilayotgan oila va xotin-qizlar tizimi xodimlari hamda mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari
boshlandi.
✔️Unda tuman (shahar) hokim oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, mutaxassislar hamda Zarafshon, Uchquduq, Konimex, Tomdi va Nurota tumanlaridan jami 80 nafarga yaqin ishtirokchi qamrab olingan.
✔️Zarafshon shahrida start olgan 5 kunlik, 36 soatlik oʻquvlarda ishtirokchilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalar beriladi.
✔️“Xotin-qizlar tizimida samarali boshqaruv va rejalashtirish”, “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari” hamda “Xotin-qizlar faollarining zamonaviy ko’nikma va imiji” mavzularida dastlabki mashg’ulotlar o’tkazildi.