
#Malaka_oshirish_kurslari
#Malaka_oshirish_kurslari
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oʻtkazilayotgan
malaka oshirish o‘quv kurslari davom etmoqda
Kurslar davomida institut direktori o‘rinbosari pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmanova “Oila institutini mustahkamlashda ma’naviy qadriyatlarning imkoniyatlari va institusional yechimlari” mavzusida mashgʻulotlar olib bordi.
Kurslar davomida institut direktori o‘rinbosari iqtisodiyot fanlari doktori, professor X.Abduramanov “Erta nikoh, erta tug‘ruq va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari” mavzusida ma’ruza qildi.
Institut boʻlim boshligʻi F.Abduraximova “Oilaviy ajrimlarni keltirib chiqaruvchi sabablar va ularni barvaqt aniqlash mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qildi.
“Oilalar iqtisodiy farovonligini yuksaltirishda xotin-qizlarning mehnat bozoridagi faolligini oshirish va tadbirkorlikka jalb etish” mavzusida institut bo‘lim boshlig‘i D.Mirzarayimov mashgʻulot oʻtkazdi.
Shuningdek, “Oila va xotin-qizlar tizimidagi
muammolarni tadqiq etish metodlari” mavzusida institut ilmiy xodimi J.Rustamov tomonidan taqdimot o‘tkazildi.