
#Malaka_oshirish_kurslari
#Malaka_oshirish_kurslari
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oʻtkazilayotgan
malaka oshirish o‘quv kurslari davom etmoqda.
Kurslar davomida institut ilmiy xodimi X.Norqulov “Tizim xodimlari faoliyatida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning zamonaviy strategiyalari” mavzusida mashgʻulotlar olib bordi.
Institut boʻlim boshligʻi X.Saydivaliyeva “Oilaviy nizolarni barvaqt oldini olishda keys menejment usulini qo‘llash va idoralararo hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish” mavzusida ma’ruza qildi.
“Oila va gender tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni baholashda xalqaro indekslarning o'rni va ahamiyati” mavzusida institut bo‘lim boshlig‘i B.Xonturayev mashgʻulot oʻtkazdi.
Shuningdek, “Xotin-qizlar bilan ishlash tizimida murojaatlar orqali samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish” mavzusida institut psixologi R.Hojiyev tomonidan taqdimot o‘tkazildi.