
#malaka_oshirish
#malaka_oshirish
🌐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktaranti Xurshidbek Abduazimov FutureLearn xalqaro ta’lim platformasida taqdim etilgan “Gender Justice and Human Rights: Tackling the Rise of the Anti-Gender Movement” nomli o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.
📊Mazkur kurs Amnesty International UK tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda gender adolati, inson huquqlari, anti-gender harakatlarning global ko‘rinishlari hamda gender jihatdan adolatli kelajakni shakllantirish yo‘llari bo‘yicha bilimlar mustahkamlandi. Kurs davomida gender, jins, interseksionallik, genderning ijtimoiy konstrukt sifatidagi mohiyati, gender adolatiga tahdid solayotgan zamonaviy jarayonlar hamda ushbu yo‘nalishda amaliy harakat tamoyillari o‘rganildi.