Asosiy / Yangiliklar / 🔵Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida...
🔵Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida...
Yangiliklar📅 9 Oktabr 2026👁 26 ko'rishlar

🔵Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida...

🔵Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Oila — ezgulik, mehr va qadriyatlar beshigi” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Unda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i , pedagogika fanlari nomzodi, professor Farida Abduraximova ishtirok etdi.

🔵 Muloqot davomida milliy va zamonaviy oila modelining o‘ziga xos xususiyatlari, xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rni, farzand tarbiyasida mehr va mas’uliyatning ahamiyati haqida so'z bordi.

🔵Shuningdek, bugungi davrda mustahkam oila barpo etishda yoshlarning ma’naviy va huquqiy savodxonligini oshirish muhim omil ekani ta’kidlandi.

🔵Talaba qizlar bilan olib borilgan savol-javoblar va fikr mulohazalarni inobatga olib, tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oilalarni mustahkamlash, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni oldini olish, to‘y va ma’rakalarni ixcham o‘tkazish yuzasidan tayyorlangan 7 turdagi 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanma va bukletlar tarqatildi. ➡️Bizni kuzatib boring:

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling