
Jurnalimizga OAK e’tirof etgan nashrlar roʻyxatida yana 3...
Jurnalimizga OAK e’tirof etgan nashrlar roʻyxatida yana 3 ta yoʻnalish qo‘shildi! Hurmatli olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!
Xabaringiz bor, bizning jurnalimiz shu vaqtga qadar 4 ta ilmiy yoʻnalish boʻyicha Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan eʼtirof etilib, dissertatsiya natijalarini eʼlon qilish uchun tavsiya qilingan ishonchli ilmiy nashrlardan biri boʻlib kelayotgan edi.
Yaqinda OAK talablari yangilangani hamda nashrimizning ilmiy saviyasi va sifat koʻrsatkichlari ijobiy baholangani sababli, OAK roʻyxatida jurnalimizga yana 3 ta yangi yoʻnalish kiritildi!
Shunday qilib, endi siz jurnalimizda quyidagi yangi yoʻnalishlar boʻyicha ham PhD va DSc dissertatsiyalari doirasida oʻz ilmiy maqolalaringizni ishonch bilan nashr ettirishingiz mumkin:
⚡️22.00.00 – Sotsiologiya fanlari
⚡️23.00.00 – Siyosiy fanlar
⚡️24.00.00 – Islomshunoslik fanlari