
📍Jizzaxda malaka oshirish kurslari boshlandi 💡O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
📍Jizzaxda malaka oshirish kurslari boshlandi 💡O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori asosida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi xodimlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari va mutaxassislari hamda mahalla xotin-qizlar faollarining malakasini maxsus dasturlar asosida muntazam oshirib borish vazifasi belgilangan.
⚡️Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 6–9-iyul kunlari Jizzax viloyatining Jizzax shahrida 26 nafar Oila va xotin qizlar qo'mitasi tizimi xodimlari hamda Zomin, Baxmal va Yangiobod tumanlaridan jami 50 nafar mahalla xotin qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
🎙Tadbirni “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti o'rinbosari X.Abduramanov hamda Jizzax viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i G.Normurodova ochib berdi. ⚡️Unda malaka oshirish kurslarining asosiy maqsad va vazifalari, dasturda qamrab olingan mavzular, kutilayotgan natijalar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.