Asosiy / Yangiliklar / 📍Jizzax viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollariga 6 137 mingdan...
📍Jizzax viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollariga 6 137 mingdan...
Yangiliklar📅 8 Iyul 2026👁 63 ko'rishlar

📍Jizzax viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollariga 6 137 mingdan...

📍Jizzax viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollariga 6 137 mingdan ortiq metodik adabiyotlar yetkazildi 📖"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Jizzax viloyatida tashkil etilgan tizim xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollari malakasini oshirish kurslari hamda “Kitoblar karvoni” loyihasi doirasida metodik va ma’rifiy adabiyotlar tarqatildi. ✔️Jumladan, oilaviy tarbiya, mas’uliyatli ota-onalik, reproduktiv salomatlik, oilaviy nizolar profilaktikasi, zo‘ravonlikning oldini olish, gender tenglik, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va bolalar tarbiyasiga oid 19 nomdagi kitob va qo‘llanmalar mahallalarga yetkazildi.

✔️Mazkur adabiyotlar tizim xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollarining oilalar bilan ishlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, nizoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash, zo‘ravonlik profilaktikasi hamda aholining huquqiy va psixologik savodxonligini oshirish bo‘yicha faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling