
⚡️Jadidlar orzusi va zamon talabi: 21-oktyabr kuni özbek alifbosini takomillaştiriş qonuni imzolandi Jadidlar xalq savodxonligini oşiriş, ta’limni rivojlantiriş va millatni taraqqiyot sari yetaklaşda...
⚡️Jadidlar orzusi va zamon talabi: 21-oktyabr kuni özbek alifbosini takomillaştiriş qonuni imzolandi Jadidlar xalq savodxonligini oşiriş, ta’limni rivojlantiriş va millatni taraqqiyot sari yetaklaşda til va yozuvga alohida ahamiyat bergan. Bugun özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan qaror ham ona tilimizni zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş yölidagi muhim qadamlardan biridir. 💬 Saida Mirziyoyeva alifbo islohotining ahamiyatiga töxtalar ekan, şunday yozdi: Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim. Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi. 21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun imzolandi. Unga köra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat alifbo belgilanadi. Jumladan, Ğ, Ö, Ş va Ç harflari yangi şaklda yoziladi, Ng esa alohida harf sifatida alifbodan çiqariladi. Qonun rasmiy e’lon qilinganidan olti oy ötgaç kuçga kiradi. Amaldagi hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi. Alifboni takomillaştirişdan közlangan maqsad — yozuvdagi noqulayliklarni kamaytiriş, imlo qoidalarini yaxşilaş va özbek tilidan raqamli muhitda foydalanişni osonlaştiriş. https://t.me/Rasmiy_axborot_official