Asosiy / Yangiliklar / Imkoniyatlar tengmi yoki stereotiplar hanuz saqlanib qolganmi? Davlat xizmatida gender tengligi nafaqat qonunchilik, balki kundalik amaliyotda ham muhim masala hisoblanadi.
Imkoniyatlar tengmi yoki stereotiplar hanuz saqlanib qolganmi? Davlat xizmatida gender tengligi nafaqat qonunchilik, balki kundalik amaliyotda ham muhim masala hisoblanadi.
Yangiliklar📅 24 Iyul 2026👁 116 ko'rishlar

Imkoniyatlar tengmi yoki stereotiplar hanuz saqlanib qolganmi? Davlat xizmatida gender tengligi nafaqat qonunchilik, balki kundalik amaliyotda ham muhim masala hisoblanadi.

Imkoniyatlar tengmi yoki stereotiplar hanuz saqlanib qolganmi? Davlat xizmatida gender tengligi nafaqat qonunchilik, balki kundalik amaliyotda ham muhim masala hisoblanadi.

Sotsiologik tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, aksariyat respondentlar ishga qabul qilish jarayonlarini ijobiy baholagan bo‘lsa-da, ayrim yashirin stereotiplar va xavf omillari hali ham mavjud. 📊Tadqiqot nimani ko‘rsatdi? ⚡️ Respondentlarning 96,2 %i ishga qabul qilishda asosiy mezon malaka va tajriba bo‘lishi kerakligini qo‘llab-quvvatlagan.

⚡️ 75 % respondent davlat xizmatida diskriminatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi, deb hisoblaydi.

⚡️ 85,1% respondent tanlovdan o‘ta olmagan nomzodlarga rad etish sabablari tushuntirilishini bildirgan. Bu ko‘rsatkichlar tizimda adolat tamoyillari mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi. ⚠️ Shu bilan birga...

🔹 Respondentlarning 43,7 %i nomzodning ayol yoki erkak ekani ayrim hollarda qarorga ta'sir qilishi mumkinligini inkor etmagan.

🔹 40,1 % respondent oila holati yoki farzand borligi ishga qabul qilish qaroriga ta'sir qilishi mumkinligini qayd etgan.

🔹 23,1 % respondent suhbatlarda barcha nomzodlarga bir xil savollar berilishiga ishonch bildirmagan.

🔹 Tadqiqot davomida ayrim respondentlar ayollardan homiladorlik yoki kichik yoshdagi farzandlari haqida savollar berilishi, shuningdek, "bu ish erkaklarga mos" yoki "ayollar uchun emas" kabi stereotiplar uchrashini ham qayd etgan. 💡 Xulosa:

✔️ Malaka va professional kompetensiya har qanday qarorning asosiy mezoni bo‘lishi kerak.

✔️ Jins, oila holati yoki stereotiplarga asoslangan qarorlar teng imkoniyatlar tamoyiliga zid.

✔️ Suhbat va baholash mezonlarini standartlashtirish adolatni kuchaytiradi.

✔️ Gender tengligi faqat qonunda emas, amaliyotda ham to‘liq ta'minlangandagina samarali natija beradi. Sizningcha, davlat xizmatida gender tengligini yanada mustahkamlash uchun eng muhim qadam nima bo‘lishi kerak?

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling