Asosiy / Yangiliklar / “ILMIY TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH: MAVZU TAHLILI, REJALASHTIRISH, ILMIY MUAMMO VA YANGILIKNI SHAKLLANTIRISH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
“ILMIY TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH: MAVZU TAHLILI, REJALASHTIRISH, ILMIY MUAMMO VA YANGILIKNI SHAKLLANTIRISH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
Yangiliklar📅 5 May 2026👁 67 ko'rishlar

“ILMIY TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH: MAVZU TAHLILI, REJALASHTIRISH, ILMIY MUAMMO VA YANGILIKNI SHAKLLANTIRISH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

“ILMIY TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH: MAVZU TAHLILI, REJALASHTIRISH, ILMIY MUAMMO VA YANGILIKNI SHAKLLANTIRISH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun “Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish: mavzu tahlili, rejalashtirish, ilmiy muammo va yangilikni shakllantirish” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.

✔️Tadbirda institutning 30 dan ortiq tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi.

💡Seminarning maqsadi — izlanuvchilarning ilmiy tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish, mavzuni to‘g‘ri tanlash va ilmiy asoslash, tadqiqot rejasini puxta shakllantirish, ilmiy muammo hamda yangilikni aniqlash, shuningdek tadqiqot jarayonida uchraydigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

⚖️Seminarda Bremen universiteti ilmiy xodimi, Grone ta’lim akademiyasining ta’lim va mehnat bozori loyihalari koordinatori Akramjon Matkarimov tomonidan institut izlanuvchilariga ilmiy tadqiqotni to‘g‘ri tashkil etish, mavzuni ilmiy asoslash, tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash, tadqiqot chegaralarini belgilash, adabiyotlar tahlili asosida reja shakllantirish, shuningdek, kundalik-amaliy muammoni ilmiy muammo darajasiga olib chiqish bo‘yicha nazariy hamda amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.

↗️Amaliy misollar asosida tadqiqot jarayonida uchraydigan keng tarqalgan muammolar — prokrastinatsiya, mukammallikka haddan tashqari intilish, boshqalar bilan natijani taqqoslash, mavzuning umumiylikda qolib ketishi kabi holatlar ham muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilarga tadqiqot faoliyatini tizimli rejalashtirish, strategiyani to‘g‘ri tanlash hamda ilmiy yangilikni ijtimoiy ehtiyoj bilan bog‘liq holda shakllantirish yuzasidan muhim metodik yo‘nalishlar tavsiya etildi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling