
ILMIY IZLANISHDAN AMALIY YECHIM SARI "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida yangi tizim, tadqiqotchi-doktorantlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-amaliy loyihalar yakunlari bo‘yicha taqdimotlar...
ILMIY IZLANISHDAN AMALIY YECHIM SARI "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida yangi tizim, tadqiqotchi-doktorantlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-amaliy loyihalar yakunlari bo‘yicha taqdimotlar — loyiha himoyalari o‘tkazildi. ✔️Institutga amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doktorantlar uchun tadqiqotchilik mahoratini rivojlantirish, jamoaviy ishlash, ijtimoiy muammolarga ilmiy yondashish, dalillarga asoslangan xulosa chiqarish va ilmiy natijalarni real amaliy tavsiyalarga aylantirish imkonini berdi.
✔️Mazkur loyihalar 2026-yil aprel–iyun oylari davomida institut doktorantlari tomonidan guruhlar kesimida amalga oshirildi. ✔️Jarayonda institutning psixologiya, ijtimoiy pedagogika, sotsiologiya vaijtimoiy falsafa yo‘nalishlarida tadqiqot olib borayotgan doktorantlar 5 ta guruhga bo‘linib, oila barqarorligi, nikoh munosabatlari, farzand tarbiyasi, huquqiy madaniyat hamda ijtimoiy muammolarning oldini olishga qaratilgan dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanish olib bordilar.
✔️ Har bir guruh o‘z mavzusi doirasida muammoni il miy asoslash, sotsiologik tadqiqot o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish, mavjud xavf omillarini aniqlash va amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha ish olib bordi.
✔️Taqdimotlar davomida guruhlar o‘z tadqiqot natijalarini ilmiy dalillar, sotsiologik ko‘rsatkichlar vaamaliy takliflar asosida himoya qildilar. Oziga xos loyiha taqdimotlari guruhlarda davom etadi.