Asosiy / Yangiliklar / #huquqiy_minbar
#huquqiy_minbar
Yangiliklar📅 6 Aprel 2026👁 46 ko'rishlar

#huquqiy_minbar

#huquqiy_minbar

⚠️Aliment bo‘yicha javobgarlik va to‘lov tartibi haqida muhim savollar

⚡️Amaliyotda alimentni o‘z vaqtida to‘lamaslik, uni rasmiylashtirmasdan berish yoki qarzdorlik yuzaga kelishi bilan bog‘liq masalalar ko‘plab nizolarga sabab bo‘lmoqda. Quyida ushbu holatlar bo‘yicha amaldagi qonunchilik asosida tushuntirish beriladi.

Savollarga "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Rasulbek Hojiyev javob beradi.

😀Alimentni kechiktirib to‘lasam nima bo‘ladi?

✔️Aliment o‘z vaqtida to‘lanmasa, qarzdorlik yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 142-moddasiga ko‘ra, agar kechikish qarzdorning aybi bilan sodir bo‘lsa, har bir kechiktirilgan kun uchun neustoyka (jarima) hisoblanishi mumkin.

😀Bir necha oy to‘lamasam, qarz qanday hisoblanadi?

✔️To‘lanmagan har bir oylik aliment summasi qarzdorlik sifatida yig‘iladi. Oila kodeksining 140-moddasiga muvofiq, aliment bo‘yicha qarzdorlik miqdori belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.

😀Aliment qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?

✔️Bu masala taraflarning o‘zaro kelishuvi yoki sud tartibida hal etiladi. Oila kodeksining 98-moddasiga ko‘ra, aliment to‘lash tartibi ota-onaning kelishuvi asosida belgilanadi.

😀 Alimentni naqd bersam hisobga o‘tadimi?

✔️Naqd shaklda berilishi mumkin, biroq keyinchalik nizo kelib chiqmasligi uchun to‘lovni tasdiqlovchi yozma dalil (tilxat, kvitansiya va boshqalar) bo‘lishi zarur. Bu Oila kodeksining 98-moddasida nazarda tutilgan kelishuv tartibiga mos keladi.

😀Pulni qo‘lga berib yuborish to‘g‘rimi yoki rasmiy to‘lagan ma’qulmi?

✔️Alimentni rasmiy tartibda (bank o‘tkazmasi, ijro hujjatlari orqali) to‘lash maqsadga muvofiq. Bu kelgusida “to‘langan-to‘lanmagan” masalasida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.

😀Alimentni oldindan to‘lab qo‘yish mumkinmi?

✔️Ha, mumkin. Oila kodeksining 130–134-moddalariga muvofiq, aliment to‘lash tartibi, muddati va shakli taraflarning kelishuvi asosida oldindan belgilanishi mumkin.

😀Mol-mulk yoki uy-joy hisobiga aliment masalasini hal qilish mumkinmi?

✔️Ayrim hollarda mumkin. Oila kodeksining 134-moddasiga ko‘ra, aliment to‘lash tartibi kelishuvda turlicha shakllarda belgilanadi. Shu sababli taraflar qonunga zid bo‘lmagan usulda, jumladan mol-mulk hisobiga ham bu majburiyatni bajarishlari mumkin.

📍Xulosa: Aliment majburiyatini o‘z vaqtida va rasmiy tartibda bajarish nafaqat qonuniy talab, balki kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy nizolarning oldini olishning muhim omilidir.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

#huquqiy_minbar