Asosiy / Yangiliklar / ⚖️HUQUQIY MINBAR 🔹Mehnat jarayonida xotin-qizlarga nisbatan kamsitish: Mehnat kodeksida qanday qoidalar bor? Ayolning jinsi, homiladorlik holati yoki farzandli ekanligi sababli ishga qabul qilinmaslik...
⚖️HUQUQIY MINBAR 🔹Mehnat jarayonida xotin-qizlarga nisbatan kamsitish: Mehnat kodeksida qanday qoidalar bor? Ayolning jinsi, homiladorlik holati yoki farzandli ekanligi sababli ishga qabul qilinmaslik...
Yangiliklar📅 21 Avgust 2026👁 67 ko'rishlar

⚖️HUQUQIY MINBAR 🔹Mehnat jarayonida xotin-qizlarga nisbatan kamsitish: Mehnat kodeksida qanday qoidalar bor? Ayolning jinsi, homiladorlik holati yoki farzandli ekanligi sababli ishga qabul qilinmaslik...

⚖️HUQUQIY MINBAR 🔹Mehnat jarayonida xotin-qizlarga nisbatan kamsitish: Mehnat kodeksida qanday qoidalar bor? Ayolning jinsi, homiladorlik holati yoki farzandli ekanligi sababli ishga qabul qilinmaslik, ishdan boʻshatilish yoki ish haqining kamaytirilishi — qonunchilikka zid holatlardir. Bunday vaziyatlarda ayollar oʻz huquqlarini bilishi va qonunda belgilangan tartibda ularni himoya qilishi muhim. Keling, Mehnat kodeksi mazkur holatlarda qanday tartiblarni belgilaganini birma-bir koʻrib chiqamiz 👇 ━━━━━━━━━━━━━━

❓Mehnat kodeksida ayollarni kamsitish taqiqlanganmi?

✅Ha. Jinsi va boshqa ishga aloqasi boʻlmagan holatlarga koʻra cheklov qoʻyish — kamsitish hisoblanadi va taqiqlanadi. Kamsitilgan ayol sudga murojaat qilib, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni undirishni talab qilishi mumkin. 📌 MK 4-modda

━━━━━━━━━━━━━━

❓Ayolni faqat homilador ekani yoki bolasi borligi uchun ishga olishmasa-chi?

✅Bu — gʻayriqonuniy rad etish. Ish beruvchi rad javobini yozma asoslashi shart, aks holda sudga shikoyat qilinadi. 📌 MK 119, 120, 392-moddalar

━━━━━━━━━━━━━━

❓Homilador ayolni ish beruvchi oʻzi xohlaganda ishdan boʻshata oladimi?

✅Yoʻq. Bunga umumiy holda yoʻl qoʻyilmaydi, faqat qonunda koʻrsatilgan istisno holatlarda (masalan, tashkilot butunlay tugatilganda) mumkin. 📌 MK 163, 408-moddalar

━━━━━━━━━━━━━━

❓Ish haqi homiladorlik yoki bola sababli kamaytirilishi mumkinmi?

✅Yoʻq, bu aniq taqiqlangan. 📌 MK 392-modda

━━━━━━━━━━━━━━

❓Kamsitishga uchragan ayol qanday javobgarlikni talab qila oladi?

✅Moddiy zarar oʻrnini qoplash + maʼnaviy ziyon kompensatsiyasi sud orqali undiriladi. Aybdor mansabdor shaxsga ham alohida moddiy javobgarlik yuklanadi. 📌 MK 4, 564-moddalar

━━━━━━━━━━━━━━

❓Jinoiy javobgarlik ham bormi?

✅Ha. Ayolni homiladorligini yoki yosh bolasi borligini bila turib ishga olmaslik yoki ishdan boʻshatish — jarima (BHM 25 baravarigacha), 3 yilgacha maʼlum huquqdan mahrum qilish yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 📌 Jinoyat kodeksi, 148-modda

━━━━━━━━━━━━━━ 📚Manba:

🔗Mehnat kodeksi

🔗 Jinoyat kodeksi 📌Postni saqlab qoʻying — kerak boʻlgan kunda qoʻl kelishi mumkin. Foydali deb hisoblasangiz, ulashing. Savollaringiz boʻlsa — izohda yozing, birga muhokama qilamiz.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling