Asosiy / Yangiliklar / https://lex.uz/uz/docs/-8070193 🎓 Farzandi bor talabalarga Oliy Taʼlimda "Ikkinchi Imkoniyat"! 2026-yil 3-martdagi Prezidentning-33-sonli Farmoni asosida tegishli tartibda 2026/2027-oʻquv yilidan bosh...
https://lex.uz/uz/docs/-8070193 🎓 Farzandi bor talabalarga Oliy Taʼlimda "Ikkinchi Imkoniyat"! 2026-yil 3-martdagi Prezidentning-33-sonli Farmoni asosida tegishli tartibda 2026/2027-oʻquv yilidan bosh...
Yangiliklar📅 10 Iyul 2026👁 95 ko'rishlar

https://lex.uz/uz/docs/-8070193 🎓 Farzandi bor talabalarga Oliy Taʼlimda "Ikkinchi Imkoniyat"! 2026-yil 3-martdagi Prezidentning-33-sonli Farmoni asosida tegishli tartibda 2026/2027-oʻquv yilidan bosh...

https://lex.uz/uz/docs/-8070193 🎓 Farzandi bor talabalarga Oliy Taʼlimda "Ikkinchi Imkoniyat"! 2026-yil 3-martdagi Prezidentning-33-sonli Farmoni asosida tegishli tartibda 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tartiblar joriy etilmoqda. 👩🏻‍🎓 Yosh onalar uchun asosiy yengilliklar:

⚡️Oʻqishni tiklash imkoniyati: Kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan homilador qizlar va 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta oʻzlashtirish sharti bilan taʼlimni davom ettirish imkoni beriladi. ⚡️Qoʻshimcha muddat: Ushbu toifadagi talabalarga fanlar farqini mustaqil oʻzlashtirishi uchun qoʻshimcha vaqt va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratiladi. ⚡️Akademik taʼtil davrida: Homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga akademik taʼtil davrida, oʻz xohishlariga koʻra, masofaviy taʼlim shaklida oʻqishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi; ⚡️Kvotalar oshiriladi: Masofaviy taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha yoʻnalishlar va qabul koʻrsatkichlari aynan shu toifadagi yosh onalar uchun koʻpaytiriladi; ⚡️Alohida statistika: Akademik taʼtilga chiqqan, kursdan qolgan va talabalar safidan chiqarilgan homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha farzand tarbiyalayotgan talabalar boʻyicha alohida statistik maʼlumotlar yuritiladi. 📌 Maqsad: Oilaviy sharoit va farzand tarbiyasi sababli xotin-qizlarning taʼlimdan uzilib qolishining oldini olish hamda ularga oliy maʼlumotli mutaxassis boʻlishlari uchun davlat tomonidan keng imkoniyat berishdir. 💚 Taʼlim — sizning eng katta kuchingiz!

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling