
Har bir ayol e’tiborda Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining topshirig‘iga muvofiq, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muamm...
Har bir ayol e’tiborda Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining topshirig‘iga muvofiq, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolarini kompleks o‘rganish hamda manzilli hal etish maqsadida har bir hududda "Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda. ✔️Shu munosabat bilan Navoiy viloyatiga biriktirilgan vakil, "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti direktori N.Egamberdiyeva hamda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i M.Mamadiyarova ishtirokida Navoiy shahar hokimligi binosida mas’ul tashkilotlar rahbarlari va mahalla xotin-qizlar faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
✔️Yig‘ilish davomida "Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirishning maqsad va vazifalari, ma’lumotlarni to‘liq va xolis shakllantirish, har bir xotin-qizning ijtimoiy holatini chuqur tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, har bir mas’ul tashkilotga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi hamda topshiriqlar ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.