Asosiy / Yangiliklar / 🌐Global gender tafovuti indeksining 20-nashri e’lon qilindi.
🌐Global gender tafovuti indeksining 20-nashri e’lon qilindi.
Yangiliklar📅 28 Sentabr 2026👁 21 ko'rishlar

🌐Global gender tafovuti indeksining 20-nashri e’lon qilindi.

🌐Global gender tafovuti indeksining 20-nashri e’lon qilindi.

Jahon iqtisodiy forumi tomonidan 2026-yil 16-sentabr kuni Global gender tafovuti indeksining yangi nashri e’lon qilindi.

📉 2026-yilda O‘zbekiston 145 ta davlat orasida 110-o‘rinni egalladi. Mamlakatning gender pariteti bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichi 0,682 ballni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2025-yilda O‘zbekiston 148 ta davlat orasida ham 110-o‘rinda bo‘lgan, biroq indeks qiymati 0,678 ball edi. Demak, reytingdagi o‘rin o‘zgarmagan bo‘lsa-da, mamlakatning gender tafovutini qisqartirish bo‘yicha natijasi 0,4 foiz punktga yaxshilangan. 💬Subindekslar kesimida holat quyidagicha:

✔️Iqtisodiy ishtirok va imkoniyatlar — 0,562 ball, 124-o‘rin. 2025-yilda 0,558 ball va 123-o‘rin edi. Ball biroz yaxshilangan bo‘lsa-da, reyting 1 pog‘onaga pasaygan. ✔️Ta’lim darajasi — 0,997 ball, 54-o‘rin. 2025-yilda 0,998 ball va 43-o‘rin bo‘lgan. Ya’ni deyarli to‘liq gender pariteti saqlangan bo‘lsa-da, reyting 11 pog‘onaga pasaygan. ✔️Sog‘liq va omon qolish — 0,956 ball, 137-o‘rin. 2025-yilda 0,955 ball va 141-o‘rin edi. Natija 4 pog‘onaga yaxshilangan. Sog‘lom umr davomiyligi ko‘rsatkichi 1,020 ballni tashkil etsa-da, tug‘ilishdagi jinslar nisbati 0,928 ball va 141-o‘rin bilan zaif ko‘rsatkich bo‘lib qolmoqda.

✔️Siyosiy vakolatlarni kengaytirish — 0,213 ball, 74-o‘rin. 2025-yilda 0,202 ball va 82-o‘rin bo‘lgan. Bu yo‘nalishda 8 pog‘onalik o‘sish kuzatilgan. Parlamentdagi ayollar ulushi 39,19% bo‘lib, ushbu indikator bo‘yicha O‘zbekiston 28-o‘rinda. Biroq vazirlik lavozimlarida ayollar ulushi atigi 5% bo‘lib, mamlakat ushbu indikator bo‘yicha 138-o‘rinda.

➡️Bizni kuzatib boring:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling