Asosiy / Yangiliklar / “Gender reytinglarda ijobiy siljish📊”
“Gender reytinglarda ijobiy siljish📊”
Yangiliklar📅 2 Fevral 2026👁 19 ko'rishlar

“Gender reytinglarda ijobiy siljish📊”

🌐 2025-yilda e’lon qilingan “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” (WPS) indeksi 2025/26 hisobotida, O‘zbekiston 181 ta davlatlar orasida 0.674 ball bilan 98-o‘rinni egalladi.


Ma’lumot uchun: 2017 yilda Jorjtaun universiteti qoshidagi Ayollar, tinchlik va xavfsizlik instituti va Oslo Tinchlik tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda ayollar holatini har tomonlama baholaydigan yangi global ko‘rsatkich “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” indeksini ishlab chiqdi. Indeks 3 ta asosiy subindeks va 13 ta ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatlarni 0 dan 1 gacha shkalada baholash asosida reytingini belgilaydi.


↗️ O‘zbekiston bo‘yicha 2023 → 2025 davrida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan:

1. Qonunchilikdagi gender tengligi yaxshilangan

“Ayollarga nisbatan huquqiy kamsitish yo‘qligi” ko‘rsatkichi 70.6 → 82.5 ga oshgan.


2. Ayollarning siyosiy vakilligi oshgan

Parlamentdagi ayollar ulushi 30% → 34% ga oshgan.


3. Onalar o‘limi kamaygan (sog‘liqni saqlash natijasi)

Maternal mortality: 30.2 → 26 (100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan).


4. Xavfsizlik hissi yaxshilangan

Ayollarning “kechasi yolg‘iz yurganda o‘zimni xavfsiz his qilaman” javobi 79% → 81%.


5. Ayollarga qaratilgan siyosiy zo‘ravonlik hodisalari pasaygan

“Political violence targeting women” 0.029 → 0.


6. Mojaroga yaqinlik bo‘yicha juda yaxshi natija qayt etgan

“Proximity to conflict”: 0 (2025).


Yutuqlarimiz bilan birga ayrim muammolar saqlanib qolgan, bunday muammolar sabablari sifatida, ayollarga nisbattan zo‘ravonlik ulushi yuqoriligi, moliyaviy xizmatlardan foydalanish qamrovi va ayollarning bandlik darajasi pastligi, xavfsizlik va adolat ko‘rsatkichlaridagi salbiy holatlar umumiy reytingga ta’sir qilgan.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

“Gender reytinglarda ijobiy siljish📊”