Asosiy / Yangiliklar / Gender indekslari bo‘yicha davra suhbati
Gender indekslari bo‘yicha davra suhbati
Yangiliklar📅 15 Yanvar 2026👁 325 ko'rishlar

Gender indekslari bo‘yicha davra suhbati

📍 Gender indekslari bo‘yicha davra suhbati


2026-yil 14-yanvar kuni “Ilm Nuri Markazi” NNT tomonidan “BMT Gender tengsizlik indeksi va Gender rivojlanish indeksi xalqaro reytingida O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash va ayollar imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📣 Tadbirda Gender strategiyasi va baholash bo‘limi boshlig‘i Bobur Xonto‘rayev ishtirok etib, loyiha doirasida ishlab chiqilgan gender indekslari, hududlar kesimidagi tahliliy natijalar hamda gender tengligini ta’minlashga qaratilgan amaliy yondashuvlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.

🌐 Shuningdek, tadbir davomida https://uzgender.uz va https://genderindeks.uz raqamli platformalari tanishtirildi. Ushbu platformalar orqali gender tengligi va gender ko‘rsatkichlarini ochiq, tizimli va vizual tarzda monitoring qilish imkoniyatlari namoyish etildi.

📊Davra suhbatida gender tengsizlik va gender rivojlanish indekslari asosida tayyorlangan reytinglar, interaktiv xaritalar va takliflar muhokama qilinib, ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

🤝Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan takliflar umumlashtirildi va kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

Gender indekslari bo‘yicha davra suhbati