Asosiy / Yangiliklar / Farg‘ona viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollariga 18 mingdan ortiq...
Farg‘ona viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollariga 18 mingdan ortiq...
Yangiliklar📅 18 Iyun 2026👁 65 ko'rishlar

Farg‘ona viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollariga 18 mingdan ortiq...

Farg‘ona viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollariga 18 mingdan ortiq metodik adabiyotlar yetkazildi 📚"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan mahalla xotin-qizlar faollari malakasini oshirish kurslari hamda “Kitoblar karvoni” tadbiri doirasida metodik va ma’rifiy adabiyotlar tarqatildi. ✔️Jumladan, oilaviy tarbiya, mas’uliyatli ota-onalik, reproduktiv salomatlik, oilaviy nizolar profilaktikasi, zo‘ravonlikning oldini olish, gender tenglik, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va bolalar tarbiyasiga oid 17 nomdagi kitob va qo‘llanmalar mahallalarga yetkazildi.

✔️Mazkur adabiyotlar mahalla xotin-qizlar faollarining oilalar bilan ishlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, nizoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash, zo‘ravonlik profilaktikasi hamda aholining huquqiy va psixologik savodxonligini oshirish bo‘yicha faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling