Asosiy / Yangiliklar / 📌Farg’ona viloyatida malaka oshirish kurslari davom etmoqda ✔️Navbatdagi...
📌Farg’ona viloyatida malaka oshirish kurslari davom etmoqda ✔️Navbatdagi...
Yangiliklar📅 20 Iyun 2026👁 65 ko'rishlar

📌Farg’ona viloyatida malaka oshirish kurslari davom etmoqda ✔️Navbatdagi...

📌Farg’ona viloyatida malaka oshirish kurslari davom etmoqda ✔️Navbatdagi mashg’ulotlar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi O.Qodirova tomonidan “Nizoli va ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash” mavzusida o’tkazildi. Mazkur mavzuda nizoli va ajrim yoqasidagi oilalarni aniqlash, muammolarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish hamda ularni bartaraf etishning samarali usullari yoritildi. Oila a’zolari o‘rtasidagi muloqotni tiklash, psixologik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, yarashtirish mexanizmlaridan foydalanish hamda oilaning barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✔️Navbatdagi "Oila va xotin-qizlar tizimida ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari” mavzusidagi mashg’ulotlar institut bo’lim boshlig’i D.Mirzarayimov tomonidan o’tkazildi. Mazkur mavzuda oila va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mexanizmlar tahlil qilindi. ✔️Shuningdek, institut katta ilmiy xodimi R.Hojiev tomonidan “Tazyiq va zo’ravonlikka uchragan xotin- qizlar bilan ishlash” mavzusida mashg‘ulotlar olib borildi. Mazkur mavzuda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni aniqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari yoritildi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling