
“ERTA NIKOHNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR TAHLILI VA UNING PROFILAKTIKASI BO‘YICHA ILMIY-AMALIY YECHIMLAR” TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida doktorantlar tomonidan tayyorla...
“ERTA NIKOHNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR TAHLILI VA UNING PROFILAKTIKASI BO‘YICHA ILMIY-AMALIY YECHIMLAR” TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida doktorantlar tomonidan tayyorlangan “Erta nikohni keltirib chiqaruvchi omillar tahlili va uning profilaktikasi bo‘yicha ilmiy-amaliy yechimlar” ta’lim loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. ✔️Mazkur loyiha erta nikohga sabab bo‘layotgan ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va huquqiy omillarni aniqlash, ularning yoshlar hayoti, qizlarning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va oilaviy barqarorlikka ta’sirini o‘rganish hamda profilaktik yechimlar ishlab chiqishdan iborat.
✔️Loyiha doirasida sotsiologik so‘rov o‘tkazilib, unda respondentlarning erta nikohga munosabati, mazkur holatga olib keluvchi asosiy sabablar, aholi orasida xavf-xatarlar haqida xabardorlik darajasi o‘rganildi, shuningdek, erta nikohga olib keluvchi sabablar va uning oilaga ta’sir darajasi kompleks baholandi. ✔️Loyiha doirasida “Farzandimning baxti: ota-onalar uchun mas’uliyat va muloqot” mavzusida ijtimoiy-psixologik trening dasturi, “Nikohga tayyorgarlik madaniyati” metodik qo‘llanmasi, “Erta nikohni keltirib chiqaruvchi omillar va ularning oldini olish mexanizmlari” nomli uslubiy qo‘llanma, 1 ta ijtimoiy rolik va 10 dan ortiq buklet va flayerlar tayyorlandi.