
Dunyoda avlodlar o‘rtasida gender tengligiga bo‘lgan munosabat yillar davomida an’anaviy qarashlardan zamonaviy, tenglikka asoslangan yondashuvlarga qarab sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda.
👨🦳🧑🦳 Dunyoda avlodlar o‘rtasida gender tengligiga bo‘lgan munosabat yillar davomida an’anaviy qarashlardan zamonaviy, tenglikka asoslangan yondashuvlarga qarab sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Hozirgi kunda bu borada Baby Boomerlar (urushdan keyingi davr) va Gen Z (zamonaviy yoshlar) o‘rtasidagi farq juda katta. Ipsos'ning 2024-yildagi 31 mamlakatni qamrab olgan tadqiqotiga ko'ra, (https://www.ipsos.com/sites/default/files/ct/news/documents/2024-03/International-Womens-day-2024-report.pdf) Katta avlod Baby Boomers (1946-1964) va Gen X (1965-1980) vakillari uchun gender rollari ko‘proq an’anaviy oilaviy vazifalar bilan bog‘lashadi, ular ko‘pincha “erkak — oila boquvchisi, ayol — xonadon bekasi” modelini qo‘llab-quvvatlashgan. Shunga qaramay, bu avlod erkaklari va ayollari o‘rtasida gender tengligi masalasida yoshlarga qaraganda ko‘proq birdamlik mavjud.
👱♂️👩🦳 Millenniallar Y Avlodi (1981–1996) gender tengligi tarixida “amaliy inqilobchilar” sifatida o‘rin tutadi. Ular Gen Z avlod kabi gender tushunchasini butunlay qayta yozmagan bo‘lsalar-da, jamiyatdagi rollarni o‘zgartirishda eng katta ishni amalga oshirdilar. Bu avlod uchun gender tengligi shunchaki shior emas, balki iqtisodiy va maishiy zaruratga aylandi. Ular “ishlaydigan ona” va “bola parvarish qiluvchi ota” obrazini normallashtirdilar va ish-hayot balansini (work-life balance) talab qilgan birinchi avlod bo‘ladilar. Y Avlodi erkaklarning eng katta yutug‘i bu otalik mas'uliyatiga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarishidir. Statistikaga ko‘ra, bugungi kunda Millennial otalar o‘z farzandlari bilan 1965-yildagi otalarga qaraganda 3 barobar ko‘proq vaqt o‘tkazar ekan. Millennial otalarning 57 foizi ota bo‘lishni o‘z shaxsiyatining (identifikatsiyasining) markaziy qismi deb bilar ekan va bolalarning tarbiya maslalasini birinch o’ringa qo’yar ekan.
👦👩 Z Avlodi (Gen Z, 1997–2012) gender tarixidagi eng murakkab va ziddiyatli avlod hisoblanmoqda. Ular bir vaqtning o‘zida erkin va gender masalasida qutblashgan avlod hisoblanadi. Bu avlod ichida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi dunyoqarash farqi kattalashib bormoqda, oldingi avlodlarda (Millenniallarda) erkaklar va ayollarning gender tengligiga munosabati bir-biriga yaqinlashib borayotgan bo'lsa, Gen Z avlodida esa teskari jarayon kuzatilmoqda: qizlar o‘ta liberallashmoqda, yigitlar esa konservativlashmoqda. Masalan, Gen Z erkaklarining 60 foizi “ayollar tengligi erkaklar huquqlarini kamsitmoqda” degan fikrga qo'shilmoqda, Gen Z ayollarida bu 40 foizni tashkil qilgan. Bu bo'linishning asosiy sabablari ijtimoiy tarmoqlar va algoritmlar hisoblanadi TikTok va Instagram kabi platformalar "pufakchalar" yaratib, yosh erkaklar va ayollarni turli axborot muhitiga joylashtirmoqda.
🖥 Xulosa o'rnida Gender masalasidagi ziddiyatlarni yumshatish va haqiqiy tenglikka erishish uchun "ayblash" strategiyasidan "muloqot va iqtisodiy hamkorlik" strategiyasiga o‘tish zarur. Mutaxassislar va tahlilchilar fikriga ko'ra, Z avlodi o‘rtasidagi qutblanishni to‘xtatish uchun yigitlarni chetga surib qo‘ymasdan, ularni muloqotga jalb qilish. Erkaklarni "muammo" deb emas, balki "yechimning bir qismi" sifatida ko‘rish. Ularning ruhiy salomatligi va jamiyatdagi bosim haqidagi xavotirlarini tinglash. Ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash (ta'lim va ish o‘rinlari) orqali an'anaviy stereotiplarni yumshatish. Qizlarni faqat "ayollar kasbi" (o‘qituvchi, hamshira)ga emas, balki IT, muhandislik va biznesga yo‘naltirish. Gender janglaridan ko‘ra, har ikki jinsni qiynayotgan umumiy iqtisodiy muammolarga (uy-joy narxi, ishsizlik) birgalikda yechim izlash. Avlodlar o‘rtasida "teskari mentorlik" (yoshlar kattalarga texnologiyani, kattalar yoshlarga tajribani o‘rgatishi) tizimini joriy etish. Har bir avlodning kuchli tomonini tan olish Boomerlarning sodiqligi va Gen Z ning ijtimoiy mas'uliyatini birlashtirish.
Izoh (metod): Yuqoridagi infografika Statistika Milliy statistika qo'mitasi ochiq bazasida yoshlar yirik guruhlarda beriladi. Shuning uchun yosh chegaralarini olishda yillar ulushi bo‘yicha proporsional taqsimlab hisoblandi.