Asosiy / Yangiliklar / Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar
Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar
Yangiliklar📅 13 May 2026👁 74 ko'rishlar

Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar


Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar

✔️Xitoy jamiyatida eng asosiy oilaviy sifatida Konfutsiylik ta’limoti asosida shakllangan kattalarga hurmat, oilaga sadoqat, hamjihatlik va hamkorlik kabilar katta e’tibor qaratiladi.

✔️Hindistonda 2007-yilda “Ota-onalar va keksa fuqarolarni ta’minlash va farovonligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonun farzandlarga keksa ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini yuklaydi.

✔️Birlashgan Arab Amirliklarida 2018-yil mart oyida Jamiyatni rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan oila institutining milliy o‘ziga xosligini, milliy qadriyatlari va axloqini saqlab qolish, oilaviy baxtni ta’minlash kabi 5 ta maqsad ilgari surilgan Milliy oila siyosatini tasdiqlangan. BAAda Ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi (Department of Community Development) tomonidan 3 yilga mo‘ljallangan Oila farovonligi strategiyasi qabul qilingan bo‘lib, u nikoh va oilaga tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi markazlar orqali yosh ota-onalarni tayyorlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling