Asosiy / Yangiliklar / #Doktorant_minbari
#Doktorant_minbari
Yangiliklar📅 27 Aprel 2026👁 72 ko'rishlar

#Doktorant_minbari

#Doktorant_minbari

Xurshidbek Abduazimov - "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti

Raqamli muhitda ayollar: o‘zini baholashdan amaliy ko‘nikmalargacha?

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 18 yosh va undan katta aholi o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda jami 820 nafar respondent ishtirok etib,  ulardan 68,8 foizini ayollar, 31,2 foizini erkaklar tashkil etdi.

📈Tadqiqot erkaklar va ayollarning raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi, raqamli ko‘nikmalari hamda bu jarayonga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy va oilaviy omillarni o‘rganishga qaratildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning katta qismi o‘z raqamli ko‘nikmalarini “o‘rtacha” darajada deb baholagan.

Erkaklar orasida bu toifa 113 nafar, ularning umumiy soniga nisbatan 44,3 % ni tashkil qiladi.

Ayollar orasida esa 286 nafar respondent ushbu variantni tanlagan bo‘lib, bu ayollarning 50,7 % iga teng.

Ushbu holat ayniqsa ayollar orasida yaqqol namoyon bo‘lib, ular erkaklarga nisbatan o‘z bilim va ko‘nikmalarini ehtiyotkorlik bilan, ba’zan esa pastroq baholashga moyillik bildirgan.

Erkaklar orasida esa raqamli ko‘nikmalarini “yetarli” yoki “juda yetarli” deb baholaganlar ulushi nisbatan yuqoriroq bo‘lib, bu gender kesimida raqamli o‘ziga bo‘lgan ishonch darajasida sezilarli tafovut mavjudligini ko‘rsatadi.

🧮Raqamli ko‘nikmalarini “yetarli” deb baholaganlar erkaklar orasida 100 nafar (39,2 %), ayollar orasida  176 nafar (31,2 %) ni tashkil etadi. Shuningdek, “juda yetarli” degan yuqori baho erkaklarning 9,0 % iga (23 nafar), ayollarning esa 9,8 % iga (55 nafar) to‘g‘ri keladi. Bu holat yuqori baholash darajasi bo‘yicha gender farqi keskin emasligini, biroq erkaklarning o‘z ko‘nikmalariga nisbatan ishonchi biroz yuqoriroq ekanini ko‘rsatadi. Past baholash toifalarida ham muayyan tafovut kuzatiladi. “Yetarli emas” deb baholagan ayollar 40 nafar (7,1 %), erkaklar esa 15 nafar (5,9 %) ni tashkil etadi. “Mutlaqo yetarli emas” degan eng past baho esa erkaklarda 1,6 % (4 nafar), ayollarda 1,2 % (7 nafar) darajasida qolgan.

✔️Mazkur tafovutni faqat texnik bilimlar darajasi bilan izohlab bo‘lmaydi. Chunki keyingi anketa savollarida ma’lum bo‘ldiki, ayollar raqamli qurilmalar va internetdan foydalanishda ayrim holatlarda erkaklardan ham faolroqdir.

🌎Shuningdek, Jahon banki  tadqiqotlariga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega ayollarning raqamli ko‘nikmalari ma’lumotsiz ayollarga nisbatan 46% yuqori bo‘lib, yuqori malakali ayollar raqamli sohada ko‘proq daromad olish imkoniga ega ekanligi ta’kidlangan.

Eng yuqori natijalar bakalavr darajasida kuzatiladi. Magistr, PhD va DSc darajasidagi respondentlarda esa bu ko‘rsatkich yanada yuqori. Bu esa ta’lim darajasi oshgani sari raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha xabardorlik, amaliy ko‘nikma va funksional savodxonlik kuchayishini ko‘rsatadi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling