Asosiy / Yangiliklar / Davlat xizmatida ayollar: salohiyat, tajriba va yangi imkoniyatlar Davlat xizmatida bugungi kunda 19 859 nafar xotin-qiz faoliyat yuritmoqda. Bu jami davlat xizmatchilarining 23,7 foizini tashkil etad...
Davlat xizmatida ayollar: salohiyat, tajriba va yangi imkoniyatlar Davlat xizmatida bugungi kunda 19 859 nafar xotin-qiz faoliyat yuritmoqda. Bu jami davlat xizmatchilarining 23,7 foizini tashkil etad...
Yangiliklar📅 31 Iyul 2026👁 80 ko'rishlar

Davlat xizmatida ayollar: salohiyat, tajriba va yangi imkoniyatlar Davlat xizmatida bugungi kunda 19 859 nafar xotin-qiz faoliyat yuritmoqda. Bu jami davlat xizmatchilarining 23,7 foizini tashkil etad...

Davlat xizmatida ayollar: salohiyat, tajriba va yangi imkoniyatlar Davlat xizmatida bugungi kunda 19 859 nafar xotin-qiz faoliyat yuritmoqda. Bu jami davlat xizmatchilarining 23,7 foizini tashkil etadi. Har kuni minglab ayollar o'z bilim va fidoyiligi bilan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga munosib hissa qo'shib kelmoqda. 📊Tahlillar shuni ko'rsatadiki, ayollarning davlat xizmatidagi ishtiroki tajriba ortgani sari yanada mustahkamlanib bormoqda. Xususan, 41–50 yosh toifasida ayollar ulushi 31,1 foiz, 51–60 yosh toifasida esa 42,6 foizni tashkil etadi. Bu esa uzoq yillik tajriba va professional salohiyatning yorqin ifodasidir. 💼Mehnat staji bo'yicha ham xotin-qizlar o'z salohiyatini namoyon etmoqda. Ayniqsa, 10–15 yillik mehnat tajribasiga ega ayollar ulushi 24,3 foiz bo'lib, bu ularning kasbiy rivojlanishida muhim bosqichni aks ettiradi. 🧑‍🎓Kasbiy rivojlanish yo'lida ham xotin-qizlar faol. 2025-yilda 10 556 nafar ayol malaka oshirish kurslarida qatnashib, bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamladi. Bu ko'rsatkich davlat xizmatida malakali ayol kadrlar safi tobora kengayib borayotganini ko'rsatadi. ✨Bilim, tajriba va mas'uliyatni o'zida mujassam etgan xotin-qizlar davlat xizmatining buguni va kelajagini barpo etishda muhim o'rin tutmoqda. Ularning kasbiy salohiyatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish — samarali davlat boshqaruvi sari qo'yilgan muhim qadamdir.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling