
Buxoro viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollari uchun 7 812...
Buxoro viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollari uchun 7 812 nusxadagi uslubiy-metodik qo’llanmalar yetkazib berildi. 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Buxoro viloyatida o’tkazilgan mahalla xotin-qizlar faollari malakasini oshirish kurslari hamda “Kitoblar karvoni” loyihasi doirasida turli mavzudagi metodik va maʼrifiy materiallar tarqatildi. ✔️Jumladan, psixologik sogʻlom oila qurish, yoshlarni hayotga tayyorlash, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish va ularga oqilona yechim topish, taʼlimda hamda oilada gender tenglikni taʼminlash, stereotiplarga barham berish va barcha turdagi zoʻravonlikka (ruhiy bosim, bolalar va keksalarga nisbatan zoʻravonlikka) qarshi murosasizlik muhitini shakllantirishga oid jami 14 nomdagi amaliy va metodik qoʻllanmalar, ilmiy risolalar, broshyura hamda flayerlar mahallalarga yetkazildi.
✔️Mazkur maʼrifiy-uslubiy materiallar mahalla xotin-qizlar faollarining oilalar bilan ishlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, nizoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash, zoʻravonlik profilaktikasi hamda aholining huquqiy va psixologik savodxonligini oshirish boʻyicha faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.