
#Bu_qiziq
#Bu_qiziq
💡Ijtimoiy faollik va hayotdan qoniqish - muvaffaqiyatning ikki qanoti
Ko‘pincha biz ijtimoiy faollikni shunchaki "tadbirlarda qatnashish" deb tushunamiz. Aslida esa hammasi ancha chuqurroq. Keling, buni oddiy tilda tahlil qilaylik:
✔️Ijtimoiy faollik o‘zi nima?
Bu insonning shunchaki "borligi" emas, balki atrofdagi voqelikka ta’sir ko‘rsatishidir. Talaba-qiz misolida bu - o‘z bilimini boshqalarga ulashishi, jamoat ishlarida tashabbus ko‘rsatishi, muammolarga befarq bo‘lmasligi va yangi g‘oyalar bilan chiqishidir. Bu - shaxsning jamiyatdagi "energetik salohiyati".
✔️Hayotdan qoniqish nima?
Bu insonning o‘z o‘tmishi, hozirgi kuni va kelajagiga bergan sub’ektiv bahosidir. Bu faqat "yaxshi kayfiyat" degani emas. Bu - "Men to‘g‘ri yo‘ldamanmi? “Erishayotgan natijalarim meni qoniqtiryaptimi?" degan savollarga ichki "HA" javobining mavjudligidir. Psixologiyada bu subyektiv farovonlik deb ataladi.
✔️Nima uchun bu ikki tushuncha bir-biriga kerak?
Nima uchun hayotidan norozi inson faol bo‘la olmaydi? Chunki uning bor kuchi ichki ziddiyatlar va tushkunlikni yengishga sarflanadi.
Zero, faqat ichki dunyosi butun insongina tashqi dunyoni o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Bu shunchaki psixologik nazariya emas, balki sog‘lom jamiyat qurishning oltin formulasidir.