Asosiy / Yangiliklar / BRM 6-maqsad. “Toza suv va sanitariya” 📌Maqsad: 2030-yilgacha...
BRM 6-maqsad. “Toza suv va sanitariya” 📌Maqsad: 2030-yilgacha...
Yangiliklar📅 24 Avgust 2026👁 78 ko'rishlar

BRM 6-maqsad. “Toza suv va sanitariya” 📌Maqsad: 2030-yilgacha...

BRM 6-maqsad. “Toza suv va sanitariya” 📌Maqsad: 2030-yilgacha barcha uchun toza ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena xizmatlaridan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga erishish.

Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:

✔️ Toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalanayotgan aholi ulushi

✔️ Xavfsiz sanitariya xizmatlari bilan qamrov darajasi

✔️ Sovun va suv bilan qo‘l yuvish vositalaridan foydalanish imkoniyati

✔️ Oqova suvlarni xavfsiz tozalash va qayta ishlatish darajasi

✔️ Iqtisodiyot tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligi

✔️ Suv resurslarini kompleks boshqarish darajasi

✔️ Daryolar, ko‘llar va suvli ekotizimlarni muhofaza qilish

✔️ Mahalliy hamjamiyatlarning suv va sanitariya boshqaruvidagi ishtiroki

🌐 Global holat qanday?

Dunyoda milliardlab insonlar hanuzgacha xavfsiz ichimlik suvi, sanitariya va gigiyena xizmatlaridan foydalana olmaydi. Suv tanqisligi, iqlim o‘zgarishi, mojarolar va suvning ifloslanishi mazkur muammoni yanada kuchaytirmoqda.

2030-yilgacha umumiy qamrovga erishish uchun ichimlik suvi bilan ta’minlash sur’atini olti baravar, sanitariya xizmatlarini besh baravar va gigiyena xizmatlarini uch baravar tezlashtirish talab etiladi.

2022-yilda dunyoda 2,2 milliard kishi xavfsiz ichimlik suvi, 3,5 milliard kishi xavfsiz sanitariya va 2 milliard kishi asosiy gigiyena xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

📉 Gender tafovuti nimada ko‘rinadi? BRM 6 bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tafovutni ifodalovchi alohida global statistik ko‘rsatkichlar keltirilmagan. Biroq maqsad sanitariya-gigiyena xizmatlarini tashkil etishda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratishni nazarda tutadi.

Suv ta’minotidagi hududiy tengsizlik gender tafovutlarini ham chuqurlashtirishi mumkin. O‘zbekistonda shahar aholisining qariyb 88 foizi, qishloq aholisining esa 79 foizi quvur orqali uzatiladigan suvdan foydalanadi. Foydalanuvchilarning atigi 17 foizi suvdan doimiy foydalana oladi, 65 foizi esa kuniga olti soatdan kam vaqt davomida suv bilan ta’minlanadi. Qishloq hududlarida vaziyat yanada murakkabligi qayd etilgan. ➡️Bizni kuzatib boring:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling