Asosiy / Yangiliklar / BRM 5-maqsad. “Gender tengligi” 📌 Maqsad: 2030-yilgacha gender...
BRM 5-maqsad. “Gender tengligi” 📌 Maqsad: 2030-yilgacha gender...
Yangiliklar📅 17 Avgust 2026👁 55 ko'rishlar

BRM 5-maqsad. “Gender tengligi” 📌 Maqsad: 2030-yilgacha gender...

BRM 5-maqsad. “Gender tengligi” 📌 Maqsad: 2030-yilgacha gender tengligini ta’minlash, barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.

Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:

✔️ Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishni taqiqlovchi qonunchilik mavjudligi

✔️Jismoniy, jinsiy va psixologik zo‘ravonlikka uchragan ayollar ulushi

✔️ Erta va majburiy nikoh holatlari

✔️ Haq to‘lanmaydigan parvarish va uy ishlariga sarflanadigan vaqt

✔️ Parlament va mahalliy hokimiyatdagi xotin-qizlar ulushi

✔️ Rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayollar ulushi

✔️ Reproduktiv salomatlik bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish imkoniyati

✔️ Iqtisodiy resurslar va mulkka egalik qilish huquqi

✔️ Mobil telefon va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

✔️ Gender tengligiga yo‘naltirilgan davlat mablag‘larini kuzatish tizimi

🌐 Global holat qanday?

Dunyoda xotin-qizlarning huquqlari barcha mamlakatlarda bir xil darajada ta’minlanmagan. 49 ta mamlakatda ayollar oiladagi zo‘ravonlikdan yetarli qonuniy himoyaga ega emas, 39 ta mamlakatda esa ayollarning erkaklar bilan teng ravishda mulkka egalik qilish huquqi to‘liq ta’minlanmagan.

Mavjud rivojlanish sur’ati saqlanib qolsa, kamsituvchi qonunlarni bekor qilish va huquqiy himoyadagi bo‘shliqlarni bartaraf etish uchun 286 yil, rahbarlik lavozimlarida teng vakillikka erishish uchun 140 yil, milliy parlamentlarda gender tengligini ta’minlash uchun esa 47 yil talab qilinishi mumkin.

Shuningdek, mamlakatlarning 45 foizida teng qiymatdagi mehnat uchun teng haq to‘lash talabi mavjud emas. Mamlakatlarning uchdan biridan ko‘prog‘ida tug‘uruq ta’tili xalqaro mehnat standartlariga to‘liq javob bermaydi. Deyarli to‘rtdan birida ayollar nikoh tuzish va ajralish masalalarida erkaklar bilan teng huquqqa ega emas.

📉Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?

Gender tafovuti xotin-qizlarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki, iqtisodiy imkoniyatlari, mehnatga haq to‘lash, mulkka egalik qilish, reproduktiv salomatlik va zo‘ravonlikdan himoyalanish imkoniyatlarida namoyon bo‘ladi.

Xotin-qizlar haq to‘lanmaydigan uy-ro‘zg‘or va parvarish ishlarining asosiy qismini bajarishi ularning ta’lim olish, mehnat bozorida qatnashish va rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilish imkoniyatlarini cheklaydi. Manbada O‘zbekistonda xotin-qizlar umumiy ish vaqtining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini haq to‘lanmaydigan parvarish va uy ishlariga sarflashi, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich uchdan biridan kamligi qayd etilgan. ➡️Bizni kuzatib boring:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling