Asosiy / Yangiliklar / BRM 4-maqsad. “Sifatli ta’lim”
BRM 4-maqsad. “Sifatli ta’lim”
Yangiliklar📅 10 Avgust 2026👁 22 ko'rishlar

BRM 4-maqsad. “Sifatli ta’lim”

BRM 4-maqsad. “Sifatli ta’lim”

📌 Maqsad: 2030-yilgacha barcha uchun umumqamrovli, adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash hamda butun umr davomida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish.

Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:

✔️ Boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim bilan qamrov darajasi

✔️ O‘qish va matematika bo‘yicha minimal bilim darajasiga erishgan o‘quvchilar ulushi

✔️ Maktabgacha ta’limda qizlar va o‘g‘il bolalarning ishtiroki

✔️ O‘rta maxsus, oliy va kasb-hunar ta’limidan teng foydalanish

✔️ Yoshlar va kattalarning rasmiy hamda norasmiy ta’limdagi ishtiroki

✔️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga ega aholi ulushi

✔️ Jins bo‘yicha savodxonlik va hisoblash ko‘nikmalari

✔️ Ta’limdagi gender, hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy paritet

✔️ Xavfsiz, inklyuziv va zarur infratuzilmaga ega ta’lim muassasalari

✔️ Malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi

🌐 Global holat qanday?

2023-yilgi global baholashlarga ko‘ra, boshlang‘ich maktabga kirish yoshiga bir yil qolgan bolalarning maktabgacha ta’limdagi ishtiroki 75 foiz atrofida qolmoqda. Dunyo bo‘ylab boshlang‘ich maktablarning qariyb to‘rtdan bir qismi elektr energiyasi, ichimlik suvi va asosiy sanitariya xizmatlari bilan ta’minlanmagan. O‘qituvchilarning 14 foizdan ortig‘i esa milliy malaka standartlariga javob bermaydi.

Qo‘shimcha choralar ko‘rilmasa, har olti mamlakatdan faqat bittasi 2030-yilgacha barcha bolalarning o‘rta ta’limni tamomlashiga erisha oladi. Taxminan 84 million bola va yoshlar maktabdan tashqarida qolishi, 300 millionga yaqin o‘quvchi esa zarur savodxonlik va hisoblash ko‘nikmalarini egallay olmasligi mumkin.

📉Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?

Ta’limdagi gender tafovuti qizlar va o‘g‘il bolalarning ta’limga kirishi bilangina cheklanmaydi. Ularning ta’limni davom ettirishi, savodxonlik darajasi, zamonaviy kasbiy va raqamli ko‘nikmalarni egallashi hamda STEM yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatlarida ham farqlar mavjud.

Dunyo bo‘yicha savodsiz aholining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini xotin-qizlar tashkil etadi. Ta’limdagi tengsizlik, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchi, kam ta’minlangan oilalarga mansub va nogironligi bo‘lgan qizlar uchun yanada kuchli namoyon bo‘lishi mumkin.

➡️Bizni kuzatib boring:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling