
BRM 3-maqsad. “Sog‘lom hayot va farovonlik” 📌 Maqsad:...
BRM 3-maqsad. “Sog‘lom hayot va farovonlik” 📌 Maqsad: 2030-yilgacha barcha yoshdagi insonlarning sog‘lom turmush tarzini va farovonligini ta’minlash.
Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi: ✔️ Onalar o‘limi darajasi
✔️ Malakali tibbiyot xodimlari ishtirokidagi tug‘ruqlar ulushi
✔️ Yangi tug‘ilgan va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi
✔️ OIV, sil va bezgak kasalliklarining tarqalishi
✔️ Yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan muddatidan oldin o‘lim
✔️ O‘z joniga qasd qilish holatlari
✔️ Reproduktiv salomatlik xizmatlaridan foydalanish
✔️ Umumiy tibbiy xizmatlar bilan qamrov darajasi
🌐 Global holat qanday?
2023-yilda dunyoda homiladorlik va tug‘ruq bilan bog‘liq sabablar tufayli qariyb 260 ming nafar ayol vafot etgan. Global onalar o‘limi koeffitsiyenti har 100 ming tirik tug‘ilishga 197 tani tashkil etib, 2030-yil uchun belgilangan 70 ta o‘lim maqsadidan qariyb uch baravar yuqori bo‘lib qolmoqda. 2024-yilda esa 17 millionga yaqin tug‘ruq malakali tibbiy yordam ishtirokisiz amalga oshirilgan.
Bolalar salomatligi bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishilganiga qaramay, 2024-yilda 4,9 million bola besh yoshga yetmasdan vafot etgan. Bu kuniga o‘rtacha 13,3 ming nafar bolaning hayotdan ko‘z yumganini anglatadi.
Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar ham asosiy xavflardan biri bo‘lib qolmoqda. 2021-yilda yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, diabet va surunkali nafas yo‘llari kasalliklari kabi xastaliklar 70 yoshgacha bo‘lgan 18 million insonning o‘limiga sabab bo‘lgan. Shu yili dunyoda 727 mingga yaqin o‘z joniga qasd qilish holati qayd etilgan.
📉Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?
Sog‘liq bilan bog‘liq xavflar ayollar va erkaklarga bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi. Ayollar homiladorlik va tug‘ruq bilan bog‘liq xavflar, reproduktiv salomatlik xizmatlaridan foydalanishdagi to‘siqlar hamda haq to‘lanmaydigan parvarish yukiga ko‘proq duch keladi. Global miqyosda ayollar erkaklarga nisbatan 26 foiz ko‘proq umr yillarini kasallik yoki nogironlik holatida o‘tkazadi.
Erkaklarda esa muddatidan oldin o‘lim xavfi yuqoriroq. 2019-yilda 30 yoshli erkakning 70 yoshga yetmasdan asosiy yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan vafot etish ehtimoli 21,6 foiz, ayollarda esa 14,4 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, 2023-yilda sil kasalligiga chalinganlarning 55 foizi erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelgan. ➡️Bizni kuzatib boring: