
BRM 2-maqsad. 2-maqsad "Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini...
BRM 2-maqsad. 2-maqsad "Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ovqatlanishni yaxshilash".
📌 Maqsad: 2030-yilgacha barcha insonlar, ayniqsa, go‘daklar, o‘smir qizlar, homilador va emizuvchi xotin-qizlar, keksa insonlar hamda ijtimoiy zaif guruhlarning yil davomida xavfsiz, to‘yimli va yetarli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi: ✔️ Oziq-ovqat tanqisligining tarqalishi
✔️ O‘rtacha yoki og‘ir oziq-ovqat xavfsizligidan aziyat chekayotgan aholining ulushi
✔️ 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘sishning sustlashishi
✔️ 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida ozg‘inlik va ortiqcha vazn holatlari
✔️ Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarining jinsi, daromadi va resurslardan foydalanish imkoniyati
🌐Global holat qanday?
2024-yilda dunyo bo‘yicha 673 million kishi ochlikdan aziyat chekkan. Shuningdek, 2,3 milliard kishi o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi muammosini boshdan kechirgan.
Bolalar orasida ham vaziyat dolzarb: 2024-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan 150,2 million bola o‘sishi sust, 42,8 million bola ozg‘in, 35,5 million bola esa ortiqcha vaznli deb baholangan.
📉 Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?
2024-yilda ayollarning 26,1 foizi, erkaklarning esa 24,2 foizi o‘rtacha yoki og‘ir oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelgan. Bu ayollar va erkaklar o‘rtasida 1,9 foiz punktlik tafovut mavjudligini ko‘rsatadi.
Boshqacha aytganda, global miqyosda oziq-ovqat tanqisligi ayollar hayotiga nisbatan kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2024-yilda erkaklarga nisbatan taxminan 64 million ko‘proq ayol oziq-ovqat xavfsizligidan aziyat chekkan.