
BRM 13-maqsad. “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash”
BRM 13-maqsad. “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash”
📌 Maqsad: iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish, tabiiy ofatlarga chidamlilikni oshirish, iqlim bilan bog‘liq xavflarni milliy siyosat va strategiyalarga integratsiya qilish hamda aholining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha bilim va xabardorligini kuchaytirish.
Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
✔️ Iqlim bilan bog‘liq tabiiy ofatlar oqibatida halok bo‘lgan va jabrlangan aholi soni
✔️ Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha milliy va mahalliy strategiyalarning mavjudligi
✔️ Iqlim o‘zgarishiga qarshi choralarni milliy siyosat va rejalarga integratsiya qilish
✔️ Issiqxona gazlari emissiyasi miqdori
✔️ Iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish masalalarining ta’lim tizimiga kiritilishi
✔️ Iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha institutsional salohiyat
✔️ Rivojlanayotgan mamlakatlarga yo‘naltirilayotgan iqlimiy moliyalashtirish hajmi
✔️ Iqlim siyosatini ishlab chiqishda ayollar, yoshlar va mahalliy hamjamiyatlar manfaatlarini hisobga olish
🌐 Global holat qanday?
Iqlim o‘zgarishi dunyo miqyosida tobora kuchayib bormoqda. 2024-yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lib, global o‘rtacha harorat sanoatlashuvdan oldingi davrga nisbatan taxminan 1,55°C yuqori bo‘lgan.
2023-yilda global issiqxona gazlari emissiyasi rekord darajadagi 57,1 milliard tonna CO₂ ekvivalentiga yetgan. Amaldagi siyosatlar davom etsa, asr davomida global haroratning taxminan 3,1°C gacha ko‘tarilishi xavfi mavjud.
Tabiiy ofatlarning iqtisodiy zarari ham yuqoriligicha qolmoqda. Bevosita iqtisodiy yo‘qotishlar yiliga o‘rtacha 202 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. 2014-2023-yillarda esa tabiiy ofatlardan har yili o‘rtacha 124 million kishi zarar ko‘rgan.
📉 Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?
Iqlim o‘zgarishining oqibatlari ayollar va erkaklarga bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi. Daromad, yer va boshqa resurslardan foydalanish, parvarish mas’uliyati hamda qaror qabul qilish imkoniyatlaridagi mavjud tafovutlar ayrim sharoitlarda ayollar va qizlarning iqlim xavflariga nisbatan zaifligini kuchaytirishi mumkin.
Ayniqsa, qurg‘oqchilik, suv tanqisligi, ekstremal issiqlik va tabiiy ofatlar sharoitida uy xo‘jaligini yuritish va haq to‘lanmaydigan parvarish mehnatining ortishi xotin-qizlarga qo‘shimcha yuk bo‘lishi mumkin.
➡️Bizni kuzatib boring: