
BRM 12-maqsad. “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish”
BRM 12-maqsad. “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish”
📌 Maqsad: 2030-yilgacha tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, oziq-ovqat isrofini kamaytirish, chiqindilar hosil bo‘lishining oldini olish hamda ekologik barqaror ishlab chiqarish va iste’mol modellariga o‘tishni ta’minlash.
Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
✔️ Barqaror iste’mol va ishlab chiqarishga qaratilgan milliy siyosat va dasturlar
✔️ Tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi
✔️ Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan moddiy resurslar iste’moli
✔️ Oziq-ovqat yo‘qotilishi va isrofi darajasi
✔️ Xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilarni ekologik xavfsiz boshqarish
✔️ Qayta ishlanadigan va utilizatsiya qilinadigan chiqindilar ulushi
✔️ Korxonalarning barqaror rivojlanish bo‘yicha hisobot yuritishi
✔️ Davlat xaridlarida ekologik va barqarorlik mezonlarining qo‘llanilishi
✔️ Aholining barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat bo‘yicha xabardorligi
🌐Global holat qanday?
Dunyoda ishlab chiqarish va iste’mol hajmining ortishi tabiiy resurslarga bosimni kuchaytirmoqda. 2015-2022-yillarda global ichki moddiy iste’mol 23,3 foizga oshib, 92,1 milliard tonnadan 113,6 milliard tonnaga yetgan.
2022-yilda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va uy xo‘jaliklarida jami 1,05 milliard tonna oziq-ovqat isrof qilingan. Bu iste’molchilar uchun mavjud oziq-ovqatning qariyb beshdan bir qismiga teng. Uy xo‘jaliklarida har kuni isrof qilinadigan oziq-ovqat miqdori esa 1 milliarddan ortiq ovqat porsiyasiga teng bo‘lishi mumkin.
Elektron chiqindilar hajmi ham keskin oshmoqda: 2022-yilda dunyoda 62 million tonna elektron chiqindi hosil bo‘lgan. Ushbu ko‘rsatkich 2030-yilga borib 82 million tonnaga yetishi prognoz qilinmoqda.
📉 Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?
Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish masalalari gender tengligi bilan ham chambarchas bog‘liq. Ayollar va erkaklarning resurslardan foydalanish imkoniyatlari, daromadlari, uy xo‘jaligidagi vazifalari hamda iste’molga oid qarorlardagi ishtiroki turlicha bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa, oziq-ovqat xarid qilish va tayyorlash, suv va energiyadan foydalanish, maishiy chiqindilarni boshqarish kabi kundalik jarayonlarda ayollarning roli ko‘plab jamiyatlarda katta. Shu bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligidagi gender tafovuti saqlanib qolmoqda. 2024-yilda dunyoda ayollarning 26,1 foizi, erkaklarning esa 24,2 foizi o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi oziq-ovqat xavfsizligiga duch kelgan.
➡️Bizni kuzatib boring: