
BRM 11-maqsad. “Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari”
BRM 11-maqsad. “Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari”
📌 Maqsad: 2030-yilgacha shaharlar va aholi yashash joylarini inklyuziv, xavfsiz, bardoshli va barqaror qilish, barcha uchun munosib va arzon uy-joy, xavfsiz transport, qulay jamoat joylari hamda barqaror shahar infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
✔️ Yetarli, xavfsiz va arzon uy-joy hamda asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati
✔️Xavfsiz, hamyonbop va qulay jamoat transportidan foydalanish darajasi
✔️ Jamoat transportidan foydalanish imkoniyatining jins, yosh va nogironlik holati bo‘yicha taqsimlanishi
✔️Shaharlarni inklyuziv va barqaror rejalashtirishda aholining ishtiroki
✔️ Madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish darajasi
✔️ Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlanganlar va iqtisodiy yo‘qotishlar
✔️ Shaharlarning havo sifati va maishiy chiqindilarni boshqarish holati
✔️ Yashil va ochiq jamoat joylaridan foydalanish imkoniyati
✔️ Jamoat joylarida jinsiy va boshqa turdagi tazyiq holatlariga uchragan aholi ulushi
🌐 Global holat qanday?
BMTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda dunyo shahar aholisining 24,8 foizi xaroba hududlar yoki norasmiy aholi yashash joylarida istiqomat qilgan. Hozirgi tendensiya davom etsa, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1,2 milliard kishidan oshishi mumkin.
Shu bilan birga, jamoat transportidan qulay foydalanish imkoniyatiga ega shahar aholisi ulushi 2020-yildagi 53,2 foizdan 2025-yilda 61,5 foizga oshgan. Biroq shahar hududlarining atigi 17 foizi ko‘chalar va ochiq jamoat joylariga ajratilgan. Bu barqaror shaharlarni rivojlantirishda uy-joy, transport va jamoat makonlariga investitsiyalarni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
📉 Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?
Shahar infratuzilmasidagi tengsizlik ayollar va erkaklarga bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi. Ayollar va qizlar uchun xavfsiz jamoat transporti, yoritilgan ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari hamda xavfsiz yashil va jamoat hududlaridan foydalanish imkoniyati alohida ahamiyatga ega.
UN Women ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo shahar aholisining atigi 44,2 foizi ochiq jamoat joylaridan qulay foydalanish imkoniyatiga ega. Ayrim shaharlarda esa ayollarning parklar, piyodalar yo‘laklari yoki jamoat transportidan qorong‘i tushgandan keyin foydalanmasligining asosiy sabablaridan biri zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrashdan xavfsirash hisoblanadi. muhim ahamiyatga ega.
➡️Bizni kuzatib boring: