Asosiy / Yangiliklar / BRM 10-maqsad. “Tengsizlikni qisqartirish”
BRM 10-maqsad. “Tengsizlikni qisqartirish”
Yangiliklar📅 21 Sentabr 2026👁 42 ko'rishlar

BRM 10-maqsad. “Tengsizlikni qisqartirish”

BRM 10-maqsad. “Tengsizlikni qisqartirish”

📌 Maqsad: 2030-yilgacha mamlakat ichidagi tengsizlikni uning barcha ko‘rinishlarida qisqartirish, aholining kam ta’minlangan qatlamlari daromadlarini oshirish hamda barcha insonlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda teng ishtirokini ta’minlash.

Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:

✔️ Eng kam ta’minlangan 40 foiz aholining daromadlari o‘sishi

✔️ O‘rtacha daromadning 50 foizidan kam mablag‘ga yashayotgan aholi ulushi

✔️ Aholining yoshi, jinsi va nogironligi bo‘yicha daromadlaridagi tafovut

✔️ Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda teng ishtirok etish imkoniyati

✔️ Kamsitish va ta’qibga uchragan aholi ulushi

✔️ Kamsitishga qarshi qonunchilikning amalda bajarilishi

✔️ Ish haqi va ijtimoiy himoya sohasidagi tenglik

✔️ Xavfsiz va tartibga solingan mehnat migratsiyasi

✔️ Ijtimoiy himoya tizimlari bilan qamrov darajasi

🌐 Global holat qanday?

COVID-19 pandemiyasi mamlakatlar o‘rtasidagi tengsizlikning so‘nggi 30 yildagi eng katta o‘sishiga sabab bo‘lgan. Dunyoda har olti kishidan biri kamsitishning qandaydir shakliga duch kelmoqda.

2022-yilda dunyoda 34,6 million qochqin ro‘yxatga olingan. Shu yili migratsiya jarayonlarida dunyo bo‘yicha 7 mingga yaqin o‘lim holati qayd etilgan. Bundan tashqari, Xalqaro Mehnat Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 200 milliondan ortiq ishchi qashshoqlikda yashaydi.

📉 Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?

Tengsizlik ayollar va erkaklarga bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar jinsiga ko‘ra kamsitishga erkaklarga nisbatan ikki baravar ko‘proq duch keladi. Shu bilan birga, yosh va diniy mansublik asosidagi kamsitish ayollar va erkaklarga deyarli teng darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Gender tengsizligi daromad, bandlik, ijtimoiy himoya, siyosiy ishtirok va resurslardan foydalanish imkoniyatlarida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli BRM 10 doirasida daromadlar va kamsitish ko‘rsatkichlarini jins, yosh, nogironlik va ijtimoiy maqom bo‘yicha muntazam monitoring qilish muhim ahamiyatga ega.

➡️Bizni kuzatib boring:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling