
"Boshqaruv tizimida gender tenglikni ta’minlash mexanizmlari: genderga oid audit tamoyillari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi
Mazkur tadbirda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Bobur Xonturayev "Genderga oid reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash bo‘yicha vazirlik va idoralar oldida turgan ustuvor vazifalar" mavzusida ma’ruzasi bilan qatnashib, O‘zbekistonning xalqaro gender reyting va indekslaridagi amaldagi pozitsiyasi, baholash metodologiyalari hamda asosiy indikatorlar tizimini atroflicha ishtirokchilarga tushuntirdi.
🪧 O‘quv-seminar doirasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, shuningdek manfaatdor vazirlik va idoralar hamda turli tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlariga maruza qilindi.
🎙 Ma’ruzada xalqaro amaliyot, indikatorlar tizimi, institutsional javobgarlik hamda gender tenglikni ta’minlashda audit mexanizmlarining roli atroflicha yoritilib, mazkur yo‘nalishda davlat organlari oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan tahliliy fikrlar bildirildi.