
Bilasizmi, nega ba’zi insonlar oddiy holatlarni turlicha qabul...
Bilasizmi, nega ba’zi insonlar oddiy holatlarni turlicha qabul qiladi? Masalan, siz qo‘ng‘iroq qildingiz yoki xabar yozdingiz, ammo javob bo‘lmadi. Kimdir buni oddiy qabul qiladi:
✔️“Band bo‘lsa kerak”
Lekin boshqasi darrov o‘ylay boshlaydi:
✔️“Nega menga e’tibor bermayapti?”
✔️“Endi men kerak emasmanmi?”
Aslida bunga sabab har doim ham bugungi vaziyat emas.
Ba’zida bu — bolalikdagi kuchli rad etilish tajribasining izlari bo‘lishi mumkin.
⚖️Tadqiqotlarga ko‘ra, bolalik yoki o‘smirlik davrida rad etilishni boshdan kechirgan insonlar neytral vaziyatlarni ham salbiy ma’noda talqin qilishga moyil bo‘ladi. Oddiy sukut yoki e’tiborsizlik ham ular uchun: “Meni yoqtirmayapti” degan signaldek tuyulishi mumkin.
Muhimi, bu ko‘pincha ongli ravishda emas — avtomatik psixologik reaksiya sifatida yuz beradi.
Natijada bu holat inson ulgʼayganida:
✔️odamlar bilan yaqinlashishdan qochishga;
✔️ortiqcha o‘ylashga (overthinking);
✔️o‘ziga ishonchsizlikka;
✔️ba’zan esa himoya sifatidagi agressiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, ba’zida sizni ranjitayotgan narsa — bugungi voqea emas, oʼtmishdagi voqea asoratidir. Har bir sukut rad etilishni anglatmaydi. Shunday ekan darhol yakuniy xulosaga kelishdan oldin yaxshilab oʼylab koʼring!