
Avval xabar qilganimizdek, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolarini kompleks o‘rganish hamda manzilli hal etish maqsadida respublika bo‘ylab "Xot...
Avval xabar qilganimizdek, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolarini kompleks o‘rganish hamda manzilli hal etish maqsadida respublika bo‘ylab "Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirish ishlari boshlangan. ⚡️Ushbu vazifalarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 28-iyul kuni Navoiy viloyatiga biriktirilgan vakil, "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti direktori N.Egamberdiyeva ishtirokida Xatirchi tuman hokimligida mas’ul tashkilotlar rahbarlari va mahalla xotin-qizlar faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
⚡️Yig‘ilishda "Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirish jarayonini sifatli tashkil etish, ma’lumotlarni to‘liq va ishonchli yig‘ish, har bir xotin-qizning ijtimoiy holatini chuqur tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
⚡️Shuningdek, har bir mas’ul tashkilotga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniq vazifalar yuklatilib, ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish hamda ijroni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.