
Yangiliklar📅 21 Oktabr 2026👁 21 ko'rishlar
21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin! Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho merosimizning timsolidir. Unda xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, orzu-intilis...
21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin! Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho merosimizning timsolidir. Unda xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, orzu-intilishlari va qalb tuyg‘ulari mujassam. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yuksaltirish, uni asrab-avaylash, sofligini saqlash va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir. “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi barchangizni 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Ona tilimiz doimo qadr topsin, nufuzi yanada yuksalsin, qalbimiz va hayotimizdagi o‘rni mustahkam bo‘lsin! Bayramingiz muborak! ➡️Bizni kuzatib boring: